УЗБЕКИСТАН НА ВЫСОХШЕМ ДНЕ АРАЛА СОЗДАСТ ЗЕЛЕНЫЙ ПОКРОВ
Абдурауф Коржовов-обозреватель газеты «Правда Востока»
С каждым годом увеличивается площадь зарослей саксаула и других растений, высаженных на высохшей части Аральского моря. Есть возможность наблюдать созданный руками человека ландшафт через спутники. Снимки вселяют уверенность в эффективности работ, проведенных специалистами в конце декабря 2023-го.
Как отмечает климатолог Эркин Абдулахатов, после 2018 года сильные пыльные бури в Приаралье сократились, снизилась их частота. Из-за поступающих потоков влажного воздуха увеличилась интенсивность осадков в окрестностях Приаралья. Это может быть связано с изменениями не только циркуляции воздушных движений, но и фитомассы на поверхности земли. Тиражирование данного проекта в масштабе всей страны просто необходимо, подчеркивает Э. Абдулахатов.
O'zbekiston – ayol qadri ulug'langan yurt
Tanzila Norboeva Oliy Majlis Senati Raisi, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha respublika komissiyasi raisi.
Tarixdan ma'lumki, turli davrlarda xotin-qizlarga munosabat hukmron siyosat ta'sirida o'zgarib turgan. Lekin o'zbek ayollari har qanday vaziyatda ham o'zligini unutmagan. Nafaqat mamlakat, balki butun dunyo taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan ne-ne allomalarni, buyuk shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ibn Sinoning onasi Sitorabonu, Imom Buxoriyning onasi Fotimabegim, Xoja Bahouddin Naqshband onasi Bibi Orifabegim kabi fozila momolarimiz mana shunday o'zbek ayollarining yorqin timsoli sifatida tarixda qolgan. O'z davrida davlat boshqaruvi, harb ishi, yurt himoyasi, mulkchilik, qurilish, ishbilarmonlik, ta'lim-tarbiya, adabiyot sohalarida faol bo'lgan Tomir xotin (To'maris), Saroymulkxonim, Gavharshodbegim, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar otin kabi vatanparvar ajdodlarimiz yurtimiz taraqqiyoti yo'lida ulkan ishlarni olib borgan.
YOSHLAR – YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORLARI
Alisher Sa'dullaev-Уоshlar ishlari agentligi direktori
Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya'ni 25 foizdan ortig'ini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda esa yoshlar qatlami jami aholining qariyb 60 foiziga yaqin. Shuning uchun O'zbekiston yoshlar mamlakati sifatida e'tirof etiladi. Yaqin o'n yilliklarda bu qatlam davlat va jamiyat boshqaruvida hal qiluvchi kuchga ega bo'lishini tasavvur qilsak, yoshlar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanish, muammolarini vaqtida hal etib, shaxs sifatida rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, professional kasb mahoratini shakllantirish kabi vazifalar nihoyatda dolzarb ekani oydinlashadi.
Davlatimiz rahbari “Yoshlar kelajagi bilan bog'liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega”, deb bejiz ta'kidlamaydi. Bu yondashuv “O'zbekiston–2030” strategiyasida ham aksini topgan. Misol uchun, ushbu muhim hujjatning “Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” deb nomlangan birinchi yo'nalishi 44 banddan iborat bo'lsa, shuning 25 dan ortig'i bevosita yoshlar manfaatlariga qaratilgan.
BMT BOSh ASSAMBLEYASI O'ZBEKISTON TOMONIDAN ILGARI SURILGAN REZOLYUSIYANI BIR OVOZDAN MA'QULLADI
«Dunyo» AA
2027 yil Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e'lon qilindi.
26 fevral kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan "2027 yil - Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi bir ovozdan ma'qullandi.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a'zo mamlakat hammualliflik qildi.
Hujjat matnini muvofiqlashtirish bo'yicha maslahatlashuvlarda Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSh, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Misr, Braziliya, Argentina kabi yetakchi davlatlarning ekspertlari faol ishtirok etdi va rezolyutsiya mazmunini boyitishga muhim hissa qo'shdi. BMTga a'zo davlatlar vakillari ushbu rezolyutsiyaning taqdim etilishi o'z vaqtida va dolzarb ekanini qayd etdilar.
TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYa FORUMIDA ISHTIROK ETISh UCHUN RO'YXATDAN O'TISh JARAYONI BOSHLANDI
“Dunyo” AA.
Joriy yilning 2-3 may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) bo'lib o'tadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma'lumotiga ko'ra, TXIF – bu nafaqat O'zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. An'anaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bag'ishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari kiritilgan.
Forumning har bir ishtirokchisi hamkorlar bilan manfaatlar kesishadigan nuqtalarini topishi, muayyan investitsiya loyihalarini o'rganishi, o'nlab yo'nalishlarda ro'y berayotgan so'nggi tendensiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkin bo'ladi.