МИД РУ

2022-yilning 4-5 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 666 nafar O'zbekiston fuqarosi, shu jumladan 89 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetgaman shaxs va 8 ta chaqaloq olib kelindi.

28-fevraldan 5-martga qadar 14 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo’layotgan joylardan 3 245 nafar vatandoshimiz qaytarildi.

5-martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

O'zbekistonnig Kiev shahridagi Elchixonasi sa'y-harakatlari bilan Truskavets shahrida davolanayotgan 20 nafar vatandoshimiz evakuatsiya qilindi. Sumi oblasti ma'muriyati bilan bu yerdagi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan 25 nafar o'zbek talabasini olib chiqish uchun "yashil yo'lak" tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.

O'zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo’lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar