Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2023 yil 15 may kuni arizalarning Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushishi navbatini inobatga olgan holda quyidagi siyosiy partiyalarga joriy yil 9 iyul kuni bo'lib o'tadigan muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun ijozat berildi:
- O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1255-son qarori);
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1256-son qarori).
- O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1257-son qarori).
- O'zbekiston Ekologik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1258-son qarori).
- O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1259-son qarori).
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun ijozat berish to'g'risidagi qarorlar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati