D67RoW16257192516095_b.jpg

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг ташаббуси билан 2021 йил 15-16 июль кунлари Тошкент шаҳрида «Марказий ва Жанубий Осиё: минтақавий боғлиқлик. Таҳдидлар ва имкониятлар» мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтади.

Ўзбекистон Президенти Матбуот хизматининг маълум қилишича, форумнинг асосий мақсади Марказий ва Жанубий Осиё давлатлари ўртасидаги тарихан яқин ва дўстона алоқаларни, ишонч ва яхши қўшничиликни икки минтақа халқлари ва мамлакатлари манфаатлари йўлида мустаҳкамлашдан иборат.

Марказий Осиё давлатлари раҳбарлари Тошкентдаги учрашувда нималарга келишиб  олишди?

Ўзбекистон ва Тожикистон умумий тарих ва маънавий қадриятлар бирлаштириб турадиган, тарихан Буюк ипак йўлининг ўта муҳим бўғини ҳисобланган Марказий Осиёнинг икки давлатидир.

Икки мамлакат халқларининг мустаҳкам дўстлиги, яхши қўшничилиги ва бир-бирлари ўртасидаги ўзаро ҳурматга асосланган кўп асрлик тарихий ва маданий муштараклиги мамлакатларимиз мустақилликни қўлга киритганидан кейинги 30 йил давомида ҳам ўзаро муносабатлар ривожида асосий омил бўлиб хизмат қилиб келмоқда. Икки томонлама муносабатларнинг асосий тамойиллари 1993 йил 4 январда имзоланган “Дўстлик, яхши  қўшничилик  ва ҳамкорлик тўғрисида”ги  шартнома ҳамда 2000 йил 15 июндаги “Абадий дўстлик тўғрисидаги шартнома” ҳамда 2018 йил 17 августда имзоланган “Стратегик шериклик тўғрисида”ги шартномада муҳрланган.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATINING MAQSAD VA VAZIFALARI

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, «Tashqi siyosiy faoliyat Kontseptsiyasi to’g’risida»gi va «O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida»gi qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning dasturiy nutqlari va ma’ruzalariga, mamlakatimiz tomonidan imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi.

O’zbekiston o’z mustaqilligining ilk kunlaridanoq milliy manfaatlarga asoslangan va har tomonlama puxta o’ylangan tashqi siyosat olib bormoqda. O’zbekiston tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini, uning mintaqaviy va xalqaro masalalarda roli va ahamiyatini mustahkamlab kelmoqda.

O’zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o’z vaqtida va adekvat javob choralari orqali echishni talab etadigan XXI asrning o’ta shiddat bilan o’zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari - bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to’laqonli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur’atlar bilan o’sishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo’lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

O’zbekiston o’z tashqi siyosatida quyidagi printsiplarga sodiq bo’lib qolmoqda:

- o’zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o’ylangan tashqi siyosat olib borish;

- teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo’l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik.

Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo’nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o’zida saqlab qoladi.

O’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o’zida saqlab qoladi.

O’zbekiston Respublikasi qo’shni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik uchoqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko’radi, shuningdek o’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo’l quymaydi.

Konstitutsiyaga, «Mudofaa to’g’risida»gi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch xayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi.

Bugungi kunda O’zbekistonning tashqi siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;

- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;

- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko’maklashish;

- jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko’p qirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, O’zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;

- mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o’z vaqtida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan preventiv diplomatiya chora-tadbirlaridan foydalanish;

- O’zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyohlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;

- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari va ilg’or texnologiyalarni jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;

- O’zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta’minlaydigan ko’p muqobilli transport-kommunikatsiya yo’laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

- xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.