Murojatchilarni barcha masalalar bo'yicha qabul qilish: dam olish va ta'til kunlaridan tashqari soat 09.00 dan 13.00 gacha - 14.00 dan 18.00 gacha.

Telefon: +38 (044) 501-41-82 / 83
Faks: +38 (044) 501-50-01
Elektron pochta: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Dam olish kunlari (ishlanmaydigan) kunlar:
- 1 yanvar - Yangi yil
- 8 mart - Xotin-qizlar kuni
- 21 mart - Navro'z bayrami
- 9 may - Xotira va qadrlash kuni
- 1 sentyabr - Mustaqillik kuni
- 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni
- 8 dekabr - Konstitutsiya kuni
- "Ramazon Hayiti" (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni
- "Qurbon Hayiti" diniy bayramining birinchi kuni (Iyd al-Adha)

Фуқаролардан турли ҳорижий авикомпаниялар томонидан “Киев-Тошкент” йўналишида авиабилет сотилаётганлиги тўғрисидаги эълонларга ишонмасликликларини сўраймиз!!!

Эслатиб ўтамизки, ҳозирги кунга қадар Ўзбекистон Республикасининг ваколатли идоралари ушбу йўналиш бўйича авиақатновга рухсат беришмаган.

Ўз навбатида, мавжуд бўлмаган авиа йўналишга билет сотиб олган фуқароларга элчихона ўз пулларини қайтариб олишда ёрдам бераолмаслигини маълум қиламиз.

President uz

 

Ҳурматли депутатлар ва сенаторлар!

 

Азиз юртдошлар!

 

Муҳтарам меҳмонлар!

 

Хонимлар ва жаноблар!

 

Жонажон Ўзбекистонимиз янги ўн йилликка қадам қўймоқда. Эришган натижаларимиз тарихга айланиб, олдимизда янги-янги ўзгаришларни амалга ошириш бўйича улкан вазифалар ва имкониятлар пайдо бўлмоқда. Шу боис, бугун Сизлар билан биргаликда мамлакатимизни 2020 йил ва келгуси 5 йилда ривожлантириш бўйича, устувор йўналиш ва вазифаларни белгилаб олишимиз лозим.

uz_president01

Assalomu alaykum, hurmatli Senat aʼzolari!

Qadrli doʻstlar!

Avvalo, sizlarni saylovlarda gʻolib boʻlib, senator degan yuksak nomga sazovor boʻlganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, Oliy Majlisning yuqori palatasining avvalgi tarkibida samarali faoliyat olib borgan senatorlarga barchamizning nomimizdan minnatdorchilik bildiraman.

Albatta, oliy vakillik organi aʼzosi boʻlish har bir senator uchun nafaqat katta sharaf, balki ulkan masʼuliyat ham ekanini barchangiz yaxshi tushunasiz.

Senator – bu avvalo xalq va davlat ishonchini qozongan inson. U chuqur bilim, boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan, tinimsiz mehnat qilib, tashabbus koʻrsatib yashaydigan, xalq manfaatlarini doimo birinchi oʻringa qoʻyib, oʻz taqdirini el-yurt taqdiri bilan chambarchas bogʻliq holda koʻradigan shaxsdir. Sizlarning timsolingizda biz ana shunday yetuk va faol shaxslarni tasavvur qilamiz.