REFERENDUMDA KUZATUVCHILAR QANDAY HUQUQLARGA EGA, ULARGA NIMALAR MAN ETILADI?
O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi Gulnoza Rahimova bilan referendumga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonlarida xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki haqida suhbat.
Referendumning milliy qonunchilik talablariga muvofiq o'tishini kuzatib borishda kimlar kuzatuvchi sifatida ishtirok eta oladi? Xalqaro kuzatuvchilarni taklif etish tartiblari qanday?
Referendumga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, referendum kuni ovoz berish joylarida va ovozlarni sanab chiqishda siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlaridan, fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega. Bu boradagi tartiblar “O'zbekiston Respublikasining referendumi to'g'risida”gi qonunda belgilab qo'yilgan. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil 13 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to'g'risidagi Nizomda mamlakatimiz referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar faoliyati tartibi belgilab qo'yilgan.
EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA'MINLASh – DAVR TALABI
Avazbek XOLBEKOV - «Taraqqiyot strategiyasi» markazi eksperti
Xalqaro tashkilotlarning ma'lumotlariga ko'ra, har yili 7 million gektarga yaqin unumdor yerlar jahon qishloq xo'jaligi aylanmasidan tortib olinmoqda, har yili dunyoda 7 million kishi havo ifloslanishi ta'siridan vafot etmoqda, 2025 yilga borib esa, dunyo aholisining yarmidan ko'pi sifatli suv iste'molidan mahrum bo'lishi mumkin.
Yurtimizda aholining qulay tabiiy muhitga ega bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishga jiddiy e'tibor qaratib kelinmoqda.
Ta'kidlash joizki, shu kunlarda qizg'in davom etayotgan O'zbekiston uchun muhim siyosiy hujjat, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi keng jamoatchilik muhokamasida bo'lib, undagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya'ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIGA IJTIMOIY DAVLAT HAQIDAGI NORMALAR KIRITILMOQDA
Nilufar Donierxodjaeva – “Taraqqiyot strategiyasi” markazi eksperti
Co'nggi yillar davomida jamiyatimiz va unda ilgari surilayotgan g'oya va tashabbuslarda xalqimizning ishtiroki va ular tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarining ahamiyati har tomonlama ortdi. Natijada jamiyatning ham islohot va o'zgarishlarga bo'lgan talabi kun sayin ortmoqda. Bugun shiddat bilan o'zgarayotgan dunyoda ro'y berayotgan vaziyatlar, eng avvalo, mamlakatimizni besh yilda rivojlantirishga qaratilgan Taraqqiyot strategiyasi va unda belgilangan maqsadlarni amalga oshirish nafaqat qonunlarimizni mustahkamlashni, shu bilan birga, Bosh qomusimizda ham inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan normalarni yanada takomillashtirib, bugungi zamon talablariga moslashtirishni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Konstitutsiyaning yangi tahririni qabul qilish bo'yicha ishlar amalga oshirilib, bu borada umumxalq referendumini o'tkazish maqsad qilindi.
O'ZBEKISTONDA «UZBEK JEWELLERY FAIR-2023» BIRINCHI XALQARO ZARGARLIK KO'RGAZMASI BO'LIB O'TADI
Joriy yil 26-28 may kunlari Toshkentda zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va jihozlarning birinchi xalqaro «Uzbek Jewellery Fair-2023» ko'rgazmasi bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.
«Uzbek Jewellery Fair-2023» O'zbekistonda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana sotuvchilar, agentlar, distribyutorlarga mo'ljallangan birinchi va yagona ixtisoslashtirilgan zargarlik buyumlarining ko'rgazmasidir.
Mazkur xalqaro tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad yangi tarmoq ichidagi va xalqaro o'zaro manfaatli aloqalarni yo'lga qo'yish, texnologik yangiliklar hamda xorijiy kompaniyalar muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishish, zargarlik buyumlari dizaynining eng ommabop yo'nalishlarini o'zlashtirish, mahsulot sifati va miqdorini oshirishdan iborat.
Ko'rgazma doirasida O'zbekiston Zargarlik sanoati assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimiz zargarlik sanoati rivojiga qo'shgan hissasi uchun «Uzbekistan Jewellery Awards» mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tadi.
O'ZBEKISTONNING YANGILAYOTGAN ASOSIY QONUNIGA O'LIM JAZOSI TAQIQLANISHI HAQIDAGI NORMA KIRITILGAN
Inomjon Qudratov - Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi raisi o'rinbosari
Yangilayotgan Konstitutsiyada yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi ekani va u qonun bilan muhofaza qilinishi, inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatligi mustahkamlab qo'yilmoqda. Shu bilan birga, O'zbekistonda o'lim jazosi taqiqlanishi haqidagi norma ham kiritilayotir.
Aslida O'zbekistonda 2008 yilda barcha jinoyatlar uchun o'lim jazosi bekor qilingan. Bu qoida Konstitutsiyada emas, balki jinoyat qonunchiligida o'z aksini topgan edi. O'lim jazosi taqiqlanishining konstitutsiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.