O'ZBEKISTON-QATAR: KO'P QIRRALI HAMKORLIKNI BARQAROR RIVOJLANTIRISh SARI NAVBATDAGI QADAM
«Dunyo» AA
Prezident Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 19 dekabr kuni Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad bin Xalifa Ol Soniy tashrif bilan O'zbekistonga keladi.
Qatar Amiri «Korrupsiyaga qarshi kurashdagi ulkan yutuqlari uchun» Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy nomidagi global mukofotni topshirish marosimida ishtirok etadi. Qayd etish joizki, ushbu tadbir sobiq ittifoq mamlakatlari hududida birinchi marta o'tkazilmoqda.
Ushbu tashrif Qatar rahbarining oxirgi olti oy ichida joriy yilda O'zbekistonga ikkinchi tashrifi va oliy darajadagi uchinchi O'zbekiston-Qatar sammitidir. Bu, avvalo, O'zbekiston va Qatar xalqlari farovonligi yo'lida ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan siyosiy muloqotning misli ko'rilmagan dinamikasidan dalolat beradi.
Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad bin Xalifa Ol Soniyning joriy yil iyun oyida
WADA O'ZBEKISTON ANTIDOPING AGENTLIGI FAOLIYATINI YUQORI BAHOLADI
Butunjahon antidoping agentligining (WADA) 2023 yil dekabr oyidagi yillik hisobotida O'zbekiston Milliy antidoping agentligi dunyoning 206 davlati orasida eng kuchli guruhdan o'rin oldi.
WADA tomonidan 206 ta davlatdagi Milliy antidoping tashkilotlarining faoliyati 4 guruhga (1-guruh yuqori, 2-guruh yaxshi, 3-guruh qoniqarli va 4-guruh qoniqarsiz) bo'lingan holda baholab boriladi. Shuni aytish joizki, O'zbekiston antidoping sohasida yosh mamlakat bo'lishiga qaramay 1-guruh, ya'ni faoliyati yuzasidan yuqori natijalar qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu guruhdan MDH mamlakatlari orasida O'zbekiston, Belarus, Rossiya va Qozog'iston joy olgan bo'lsa, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg'iziston 2-guruhdan, Tojikiston, Turkmaniston va Moldova esa 3-guruhdan o'rin oldi.
Butunjahon antidoping agentligi Kodeksi talablarini o'z vaqtida bajarish, ya'ni sportchi, shifokor va murabbiylarni antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish,
ZAMONAVIY BOSQICHDA O'ZBEKISTONNING SUV XAVFSIZLIGINI TA'MINLASh BO'YICHA SIYOSATI
Asliddin G'ulomov-siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori
So'nggi yillarda O'zbekistonda davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini jadal rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda. Bu esa o'z navbatida respublikaning suvga bo'lgan ehtiyojining ham keskin ortishiga olib kelmoqda.
Bundan tashqari, global iqlim o'zgarishlari, aholi soni o'sib borayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kuzatilayotgan jadal rivojlanish va ulardagi suvga bo'lgan talab o'sishi tufayli O'zbekistonda suv resurslari taqchilligi yildan-yilga ortib bormoqda. Shuningdek, mavjud chuchuk suv hajmi qisqarishi tufayli suv tanqisligi va qurg'oqchilik xavfi sezilarli darajada oshmoqda.
Jahon banki tadqiqotlariga ko'ra, 2050 yilga borib, Sirdaryo havzasidagi suv resurslari 2-5 % ga, Amudaryo havzasida esa 10-15 % ga kamayishi mumkinligi prognoz qilingan. O'z navbatida, toza ichimlik suvi tanqisligi mintaqa umumiy yalpi ichki mahsulotining 11 % ga pasayishiga, suv resurslaridan foydalanish tartibining muvofiqlashtirilmasligi tufayli esa har yili kamida 1,75 mlrd AQSh dollari yo'qotilishiga olib kelishi mumkin.
O'ZBEKISTON: XALQ HOKIMIYATCHILIGINI MUSTAHKAMLASh YO'LIDA
Tanzila Norboeva-O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi
Shu kunlarda yurtdoshlarimiz milliy davlatchiligimiz, mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va sud-huquq sohalarini izchil rivojlantirishning mustahkam zamini – Konstitutsiya kuni bayramini ko'tarinki ruhda nishonlashga qizg'in hozirlik ko'rmoqda. Joriy yilning 30 aprel kuni bo'lib o'tgan umumxalq referendumida xalqimiz o'zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Yurtdoshlarimiz o'z taqdiri va ertangi kunini belgiladi, tanlagan taraqqiyot yo'limiz qanchalik to'g'ri, so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar naqadar samarali ekanini va ortga qaytmas tus olganini yana bir bor tasdiqladi.
Albatta, yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalariga doir masalalarni qamrab olgani bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O'ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO OMILI
Baxrom Xo'janov-siyosiy fanlar nomzodi
Xalqaro munosabatlar tarixiy tadrijiy taraqqiyotining turli bosqichlarida mintaqalar va u yerda qo'nim topgan “tirik organizm”lar – davlatlar geografiyasi o'zgarib kelganganligi barchaga ma'lum. Jahon siyosiy xaritasidagi bunday o'zgarishlarda geografik determinizm, ya'ni ma'lum bir makondagi voqea-hodisalar hamda u yerda yashayotgan xalqlar turmush tarzining o'zaro aloqadorligi va sababiy bog'lanishi birlamchi omil sifatida namoyon bo'lgan.
Vaqti bilan yetakchi davlatlar tomonidan geografik determinizmning inkor etilishi va dunyo mintaqalarini o'z nazorati ostiga olish uchun kurashlari an'anaviy tarzda yagona borliqda yashab kelayotgan xalqlarning bir-biridan uzoqlashishiga, ular yashab kelayotgan makonlarning (mintaqalarning) bo'linishiga, milliy va tarixiy monandlik shukuhining buzilishlariga sabab bo'lgan. Oqibatda yagona bir mintaqaga nisbatan ham geografik, ham siyosiy jihatdan tavsif berish uslubiyati shakllangan.
Masalan, “Katta o'yin” (Greate Game) konsepsiyasining amaliyoti bilan Markaziy Osiyo hamda Janubiy Osiyo uzoq yillar davomida bir-biridan ajratilgan holda tavsiflandi. Ular o'rtasidagi geografik maydonga nisbatan “O'rta Sharq” toponimi rus ilmiy maktabi vakillari tomonidan kiritilgan.