
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI RASMIY VAKILINING AXBOROTI
2022-yil 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetgaman shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.
28-fevraldan 8-martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
8-mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Moldova Respublikasi hududida bo’lib turgan O’zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI RASMIY VAKILINING AXBOROTI
2022-yilning 6-7 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 109 nafar ayol, 57 nafar voyaga yetgaman shaxs va 12 nafar chaqaloq olib kelindi.
28-fevraldan 7-martga qadar 19 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 359 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
7-mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI RASMIY VAKILINING AXBOROTI
2022-yilning 4-5 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 666 nafar O'zbekiston fuqarosi, shu jumladan 89 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetgaman shaxs va 8 ta chaqaloq olib kelindi.
28-fevraldan 5-martga qadar 14 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo’layotgan joylardan 3 245 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
5-martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
ЎЗБEКИСТОН РEСПУБЛИКАСИНИНГ УКРАИНАДАГИ ЭЛЧИХОНАСИНИНГ АХБОРОТИ
Ўзбекистон Республикасининг Украинадаги Элчихонаси афсус билан маълум қиладики, Ўзбекистон Республикасининг уч фуқароси: Ҳакимов Отабек Равшанбек ўғли (2001 йилда туғилган), Хусаинов Беҳзод Жамолиддин ўғли (2001 йилда туғилган) ва Солоҳиддинов Шерзод Шавкат ўғли (2001 йилда туғилган), Польша чегарасига кираверишда автоҳалокатга учради.
Даҳшатли фожиа натижасида Ҳакимов Отабек воқеа жойида вафот этди. Қолган икки ҳамюртимиз Львовдаги шаҳар касалхонасида.
Ушбу воқеаларни инобатга олиб, Ўзбекистоннинг Киевдаги Элчихонаси зудлик билан элчихона кўнгиллилари гуруҳи вакили, малакали шифокор Темурбек Юсуповни Львовгажўнатди. Унинг Львовга келиши бугун 5 март куни кутилмоқда.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI RASMIY VAKILINING AXBOROTI
2022-yilning 3-4 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 720 nafar O'zbekiston fuqarosi olib kelindi.
Shunday qilib, 4-mart holatiga ko'ra, umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi.
Katovitse aeroportidan uchta qo'shimcha parvoz kutilmoqda: bugun soat 14:30 va 16:00 da hamda 5-mart soat 03:00 da (Toshkent vaqti bilan).
Polsha hududida mamlakatimizning 1 480 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 700 nafari Polsha davlat chegarasidagi to'planish nuqtasiga, 780 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.