
MEHNAT VAZIRLIGI VA JICA AGENTLIGI HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI
O'zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Aziz Abduxakimov Yaponiyaning JICA agentligi vakolatxonasi rahbari Fushimi Katsitoshi bilan uchrashdi. Yapon tomonidan o'tkazish tashabbusi bildirilgan uchrashuvda O'zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va JICA o'rtasidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollari, shuningdek, “Muruvvat” uy-internatlari xodimlari uchun seminarlar davrasini tashkil etish muhokama qilindi.
FINLYANDIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
2015-yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Finlyandiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Xelsinki shahrida) Niklas Lindkvist bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, shuningdek mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
BAG‘RIKENGLIK – TINCHLIK VA BARQARORLIK ASOSI
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda
O’ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR QO’MITASI DELEGATSIYASINING GERMANIYAGA SAMARALI TASHRIFI
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 9-13-noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Elmira Basitxanova boshchiligidagi Oliy Majlis vakillari delegatsiyasi Germaniyada bo’ldi.
Mazkur tashrif Germaniya Bundestagi hamda Xalqaro hamkorlik bo’yicha omonat kassalar fondi taklifiga binoan tashkil etildi.
QOZOG’ISTONLIK EKSPERT: “O’ZBEKISTONDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR HAR DOIM DIQQAT MARKAZIDA”
Joriy yilning oktabr oyida Toshkentda davlat tizimida hokimiyat tarmoqlarining bo’linishida Konstitutsiyaviy sudning roliga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro konferensiyaning natijalari bo’yicha mazkur tadbir ishtirokchilaridan biri Qozog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy kengashi a’zosi Viktor Malinovskiy “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan suhbatlashdi. Xususan, konferensiyaning yuksak saviyada tashkil etilgani va uning o’z vaqtida o’tkazilgani hamda dolzarbligini qayd etdi.