YEXHT DIIHB MISSIYASI RAHBARI: O'ZBEKISTONNING YANGI KONSTITUTSIYASI – JAMIYATDA GENDER TENGLIKNI TA'MINLASh KAFOLATI
«Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi nafaqat insonning asosiy huquqi ifodasi, balki tinchlik, farovonlik, barqaror rivojlanishga erishishning zarur asosi sifatida gender tenglikni ta'minlash kafolatidir», dedi Referendumni kuzatish bo'yicha cheklangan missiya rahbari Albert Yonsson bugun poytaxtimizda bo'lib o'tgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi (EXHT DIIHB)ning O'zbekiston Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha referendumi dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumanida.
Yangi O'zbekiston taraqqiyoti strategiyasida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquqi, imkoniyatini qadriyat sifatida himoya qilish, bir so'z bilan aytganda, mamlakatda gender tenglikni ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilgan. Zero, mamlakat aholisining, qariyb, yarmi, ya'ni 49,7 foizini ayollar tashkil etib, ular jamiyatning barcha jabhalarida muntazam, faol ishtirok etib kelmoqda.
YEXHT DIIHB EKSPERTI: O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY XAYOTIDAGI FAOLLIGINI QO'LLAB-QUVVATLASHGA QARATILGAN SAY'-HARAKATLARINI IJOBIY BAHOLAYMIZ
– So'ngi yillarda O'zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy xayotidagi faolligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan say'-harakatlarini ijobiy baholaymiz.
Jumladan, mamlakatda 2016 yildan buyon xotin-kizlarning ijtimoiy siyosiy xayotidagi faolligini oshirishga karatilgan islohotlar natijasida xotin-qizlarning Parlamentdagi soni sezilari darajada oshgani, endilikda deputatlarning 48 nafari ayol bo'lib, 2 nafari Spiker o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatayotgani juda quvonarli holdir.
E'tiborga molik jihatlaridan yana biri sifatida kam ta'minlangan, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga muhtoj bo'lgan xotin-qizlarning muammolarini o'rganish va bartaraf etish bo'yicha qilinayotggan ishlarni ta'kidlash mumkin.
O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularning sifatli ta'lim olishlarini ta'minlash, ayolar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash va shu kabi ko'plab boshqa yo'nalishlardagi dolzarb masalalar qamrab olingani, davlat va jamiyatning kelgusi ravnaqi uchun muxim ahamitga ega.

«XABEAS KORPUS» VA «MIRANDA QOIDASI» KONSTITUTSIYAVIY DARAJADA MUSTAHKAMLANMOQDA
Mamlakatimizda o'tkazilgan Referendumni bevosita kuzatib borgan ko'pchilik xalqaro ekspertlar xulosasida O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasida qonunni buzganlar huquqini davlat idoralari mas'ul vakillari, mansabdor shaxslarning har qanday o'zboshimchaligidan himoya qilishning, deyarli, barcha zamonaviy usullarini jamlagan inson va fuqaroni huquqiy himoya qilishning ishonchli mexanizm mustahkamlangani alohida ta'kidlanadi.
Xususan, inson huquqi va erkinligini ta'minlash kafolati, jumladan, “Xabeas korpus” va “Miranda qoidasi” umume'tirof etilgan institutlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlash orqali sezilarli kuchaytirilganiga e'tibor qaratiladi.
YANGI O'ZBEKISTON INVESTITSIYALAR UCHUN YANADA QULAY MAMLAKATGA AYLANADI
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi
Hurmatli forum ishtirokchilari!
Aziz mehmonlar, xonimlar va janoblar!
Sizlar bilan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida uchrashib turganimdan bag'oyat xursandman.
Albatta, O'zbekistonning yaqin do'stlari va ishonchli hamkorlari bo'lgan xorijiy hukumatlar va xalqaro moliya institutlari vakillari hamda nufuzli kompaniyalar rahbarlari bilan ushbu forum doirasidagi uchrashuvlarimiz barchamiz uchun yaxshi an'anaga aylanib bormoqda.
Sizlarning mehmondo'st diyorimizga tashrifingizni yurtimizga hurmat va islohotlarimizga ishonch ifodasi sifatida qabul qilamiz.
O'zbekistonga xush kelibsiz!