O'zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi veb-saytiga xush kelibsiz!

Hurmatli O'zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi veb-sayti tashrif buyuruvchisi, ushbu sayt yordamida siz O'zbekiston haqidagi bilimlaringizni kengaytirish, O'zbekiston va Ukraina o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik hamda O'zbekistonda yuz berayotgan voqea va hodisalar haqida ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lasiz degan umiddamiz. Bizning saytda O'zbekiston iqtisodiyoti, tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, madaniyat va turizm yangiliklari, ta'lim, fan va boshqalar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.