ПРУ

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim ijtimoiy tarmoqlarida Mariupol shahrida qarovsiz tashlab ketilgan yuk avtomashinalarini qaytarilishida amaliy yordam koʻrsatilishi so’ralgan murojaatlarga oid nashrlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mariupol shahri joriy yilning mart oyidan boshlab Rossiya-Ukraina harbiy mojarosining faol kechayotgan hududi hisoblanib, mazkur shaharni yuk avtomashinalari bilan tark etishini imkoniyati bo’lmagan.

Ayni vaqtda, Donetsk viloyatining Mariupol shahridan fuqarolarimizga tegishli bo’lgan yuk avtotransport vositalarini Ukrainada yashovchi o‘zbek diaspora vakillari yordamida ham hal etishga qaratilgan barcha urinishlar ijobiy natija bermadi.

Mazkur davlatning mutasaddi hokimiyat idoralari vaziyat barqarorlashganidan keyin yuk avtotransport vositalarini olib chiqib ketilishida yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jabrlangan vatandoshlarni vaziyatni to‘g‘ri tushunishga chaqirib, Ukrainadagi harbiy harakatlar natijasida qiyin ahvolga tushgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining har bir murojaati diplomatik vakolatxonamiz tomonidan qattiq nazorat ostida ekanligini yana bir bor ma’lum qilamiz.