
Shoazim Minovarov - O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori
Yurtimizda tinchlik deb atalmish ulug' ne'mat hukm surmoqda. Ana shu ne'mat soyasida har yili Prezidentimiz tomonidan ramazon oyini munosib tarzda o'tkazish to'g'risida qaror chiqarilayotgani milliy-diniy qadriyatlarimiz, azaliy urf-odatlarimizga yuksak hurmat va ehtiromning amaliy in'ikosidir.
Yangilanayotgan diyorimizda tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, o'zaro hamjihatlik, himmat va saxovat kabi an'analarimiz tobora mustahkam qaror topayotgan bir sharoitda, ramazon oyi ko'tarinki ruh bilan kutib olindi. Munavvar tonglarda, muazzam shomlarda qilinayotgan xayrli duolar diyorimizning musaffo osmonida rahmat, mag'firat va baraka bo'lib yog'ilmoqda.
Yurtimizdagi 1500 dan ziyod masjidda taroveh namozlarida xatmi Qur'onlar boshlandi. Imom Buxoriy va Imom Muslim hazratlari tomonidan rivoyat qilingan hadisda “Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: “Ramazon kelsa, jannat eshiklari ochiladi, do'zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi”, deyilgan.
Nurboy Jabborov, filologiya fanlari doktori, professor
Haqiqiy ijodkor hayotining biror lahzasi Vatan va millat tuyg'usidan ayro kechmas. Agar shu tuyg'udan mahrum bo'lsa, u ijodkor sanalmas. Sarlavhadagi o'tli fikr O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodining asl mohiyatini aks ettirgani ayon.
She'rlarida shoir ushbu tuyg'uni milliy ruh va yuksak badiiyat uyg'unligida betakror talqin etdi. Estetik tafakkurning ijod ahli yetishmog'i mushkul bo'lgan yuksak cho'qqisiga olib chiqdi. Milliy adabiyotning taraqqiyot mezonlarini belgilab berdi. She'riyatda o'ziga xos an'analariga, munosib izdoshlariga ega maktab yaratdi.
“Istayman, qora rang qolmasa jinday...”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Anqara shahridagi Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammiti doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘tgan yilgi tarixiy ahamiyatga ega oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar, yaqinda o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining samarali yakunlari, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari oshayotgani va ustuvor tarmoqlarda sheriklik kengayib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oqil Salimov, akademik
Insoniyat tarixining turli davrlarida dunyo xalqlari ulkan taraqqiyot, buyuk siljishlar va keskin ko'tarilish hodisalariga guvoh bo'lgan. Kishilik taraqqiyoti dinamikasidagi rivojlanish va tanazzullar mohiyati har bir davr odamlari tafakkuri mahsuli sifatida yuzaga kelgan, deyish mumkin. Zotan, inson aql va tafakkur, qalb va hissiyot olami orqali o'z hayotini o'zi yo'lga qo'yadi.Turmushning saodatli damlarining ham, qayg'uli va tanazzul holatlarining ham bosh muallifi uning o'zi. Faqat butun xalq hayotida, ma'lum bir jamiyatda umumiy safarbarlik, tafakkurdagi keskin burilishlar, aqliy salohiyatning qudratli kuchi namoyon bo'lgan paytda hayot mazmuni boyiydi, turmush darajasi ko'tariladi.Jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'yiladi. Bunday yuksalishlar hodisasi umumiy manfaat atrofida birlashgan, o'z taqdirini jamiyat taqdiri bilan bog'liq holda his qilgan, “Shu yurt meniki, shu makon menga ajdodlarimdan qolgan buyuk meros.
Uning taqdiriga men javobgarman”, degan tuyg'u qalb hayqirig'iga, vijdon va imon chaqirig'iga aylansagina yuz beradi.Yangi O'zbekistonning taraqqiyot bosqichi xalq va prezident, jamiyat va davlat o'rtasidagi mushtaraklikdan, maqsadlar birligidan, istiqbolga intilishning uyg'unligidan kelib chiqmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, har qanday umummilliy taraqqiyot maqsadlar mushtarakligidan kelib chiqadi. Ulug' maqsadlar esa kelajakka qat'iy ishonch, o'tayotgan kunidan mamnuniyat, ertaga bugungidan ko'ra farovonroq yashashga imon keltirgan jamiyatdagina yuzaga keladi. Prezident Shavkat ¬Mirziyoevning sof insoniy siyosati ayni ana shu maqsadlar mushtarakligi va istiqbolga intilishning uzviyligidan kelib chiqadi.
Muhtaram Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylari!
Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!
Siz, azizlarni Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ko‘rib turganimdan mamnunman. Matonatli turk xalqiga va qadrdon birodarimiz Turkiya Respublikasi Prezidenti, muhtaram Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylariga barcha hamkasblarim nomidan chuqur hamdardlik bildiraman.