
- Кушимча маълумотлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Bosh vazir va do‘st venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutladi.
Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
- Кушимча маълумотлар
Prezident Shavkat Mirziyoev 15-16 mart kunlari Anqarada bo'lib o'tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) favqulodda sammitida ishtirok etadi.
2019 yil oktyabr oyida Turkiy davlatlar tashkilotining (sobiq Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi) to'laqonli a'zosi bo'lgan O'zbekistonda turkiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bugungi kunda ham mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvorliklaridan biri hisoblanadi. 2023 yilda O'zbekiston ushbu tashkilotga raislik qilmoqda. Raislikning boshlanishi o'tgan yil noyabr oyida «Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari» shiori ostida o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti bilan boshlandi.
Rasmiy Toshkent turkiy davlatlar oilasiga qo'shilganidan so'ng qisqa vaqt ichida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashkilotga a'zo davlatlar bilan o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo'yicha 40 dan ortiq tashabbus va takliflarni ilgari surdi, ular samarali amalga oshirilmoqda.
Ha, O'zbekiston tashabbusi bilan xalqlarimiz birdamligini yanada mustahkamlashga yo'naltirilgan va tarix, til, madaniyat va an'analar mushtarakligiga asoslangan holda 2023 yil «Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili», deb e'lon qilindi.
- Кушимча маълумотлар
Namanganda oltmish ikkinchi bor o'tkaziladigan xalqaro gullar festivaliga 2,5 milliondan ortiq mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligining Madaniyat va turizm boshqarmasi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, festival o'z tarixida ikkinchi bor ikki hafta — joriy yil may oyining so'nggi xaftasi va iyun oyining birinchi o'n kunligida davom etadi. Oldinlari bu muddat ikki-uch kun, 2021 yili esa bir haftadan iborat bo'lgan.
2022 yili festivalga 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurgan bo'lsa, bu yil 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Diplomatik korpus vakillari, Namangan bilan birodarlashgan viloyat va shaharlar mutasaddilari, qo'shma korxonalarimizning chet ellik rahbarlariga taklifnomalar yuborish rejalashtirilgan. Bayramda ishtirok etadigan gulchilar geografiyasi ham kengaydi: o'tgan yili Janubiy Koreya, Hindistonlik gulchilar ko'rgazmada ishtirok etgan bo'lsa, bu yil Germaniya, Hindiston, Polsha, Janubiy Koreya, Qirg'iziston va Italiya gulchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
- Кушимча маълумотлар
...Jonim azobda qoldi. Yuragimni ochib so'zlaydigan kimsam yo'q. qalbimni qog'ozga to'kib solmoqchiman. Shu niyatda qo'limga qalam oldim. Menim vijdonim pok edi. Men berilib, vijdon bilan mehnat qilardim. ammo hech qachon jinoyat qilmagan esam-da, meni yana qamoqxonaga tashladilar. o, qanchalar azobda qolganimni bilsalar edi... 1954 yilda yana yurtimga qaytib keldim va urganchning qoramon qishlog'ida ishlay boshladim... ...Matbuot — ijtimoiy hayot maktabidir! Matbuot — kishilarni olg'a undovchi bayroq! Shunday ekan, mening nega gazeta o'qishim mumkin emasligini tushuna olmayman. ona yurtida nima bo'layotganidan bexabar kishi unga qanday xizmat qila oladi, o'z xalqiga qanday foyda keltira oladi?”.
Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimi Bahrom Irzaev hamrohligida o'zbek jadid xotin-qizlarining maqolalari va maktublari bilan tanishar ekanmiz, o'sha suronli yillarda yangi bir hayot qurish istagida katta yo'lga otlangan jadid bobolarimiz safidagi o'zbek ayollari qismati hukmron zamonning shafqatsiz mashinasi ostida yanchib tashlanganiga guvoh bo'lamiz. Biroq... ularning qisqa bo'lsa-da, ibratli qismati biz uchun o'lmas saboqdir!
- Кушимча маълумотлар
Малика Қодирхонова - Олий Мажлис Сенатининг Хотин-қизлар ва гендер тенглик масалалари қўмитаси раиси
Янги Ўзбекистон демократия, инсон ҳуқуқ ва эркинликлари борасида умумэътироф этилган норма ва принципларга қатъий амал қилган ҳолда, жаҳон ҳамжамияти билан дўстона ҳамкорлик тамойиллари асосида ривожланаётган, пировард мақсади халқимиз учун эркин, обод ва фаровон ҳаёт яратиб беришдан иборат бўлган давлатдир.
Президентимиз Олий Мажлис ва халқимизга Мурожаатномасида инсон ҳуқуқ ва эркинликларини ишончли ҳимоя қилиш давлатнинг конституциявий мажбурияти сифатида белгиланиши лозимлиги, шу боис, “Аввал — инсон, кейин — жамият ва давлат”, деган ғояни Конституциямиз ва қонунларимизга ҳам, кундалик ҳаётимизга ҳам чуқур сингдиришимиз керак”лигини алоҳида қайд этиб ўтди. Шунингдек, БМТ Инсон ҳуқуқлари бўйича кенгашининг 46-сессиясидаги нутқида “Биз гендер сиёсати масалалари борасида мамлакатимизнинг ижтимоий-сиёсий ҳаётида ва ишбилармонлик соҳасида аёлларнинг ролини тубдан оширишга қаратилган ишларни қатъий давом эттирамиз”, дея таъкидлади.