O‘zbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afg‘oniston Hukumati va “Tolibon” Harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi.

Umid qilamizki, afg‘onlararo muloqot o‘t ochishni barqaror to‘xtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

O‘zbekiston “siyosiy jarayonlar faqat afgʻonlar tomonidan va Afgʻoniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim”, degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonlarning milliy yarashuvga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaydi hamda do‘st Afg‘oniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 12-sentabr