
O'zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Kurmanov Alisher Anvarovich
1990 yilda Toshkent Davlat Universiteti, “Sharqshunoslik” yo’nalishini (1983-1985 yillarda muddatli harbiy xizmatni o’tagan) hamda 1994 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, “Iqtisodiyot” yo’nalishini tamomlagan.
Mexnat faoliyati:
1991-2000 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida turli lavozimlarda;
2000-2003 yillarda - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan Qirolligidagi elchixonasida savdo va iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchi;
2003-2007 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshlig'i;
2007-2013 yillarda - O'zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
2011-2013 yillarda - O'zbekiston Respublikasining Avstraliyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (Singapurda rezidensiyasi bilan);
2013-2014 yillarda - O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
2014-2014 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari;
2014-2015 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari;
2015–2017 yillarda - O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2017-2020 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo'mitasi raisi
2020 yil iyun oyidan boshlab - O'zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Oilali, bir oʻgʻil va bir qiz farzandi bor.
Rus, ingliz va arab tillarini biladi.






























