Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya qo‘shinlari safiga ko‘ngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani to’g’risida chop etilgan ma’lumot yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi mazkur davlat Tashqi ishlar vazirligiga tegishli so‘rov yubordi.

Ushbu masala diplomatik vakolatxona tomonidan doimiy nazoratga olingan bo’lib, Ukraina tomonidan yuqoridagi maʼlumot tasdiqlangan taqdirda, fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilish boʻyicha kerakli barcha chora-tadbirlar koʻriladi.