So'nggi yillarda O'zbekistonda davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilishga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Asosiy maqsad — samarali, shaffof va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tizimini shakllantirishga yo'naltirildi. Mazkur sohadagi yutuqlar va salohiyat 2025 yil iyun oyida Samarqand shahrida o'tkaziladigan BMT Davlat xizmati forumida namoyon bo'lishi kutilmoqda. Ushbu Forum O'zbekistonda ilk bor tashkil etiladi va bu mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega. Forumning O'zbekistonda o'tkazilishi — BMTning O'zbekiston bilan davlat xizmati sohasida shakllanayotgan mustahkam hamkorligining amaldagi namunasidir.
BMTning Davlat xizmati forumi barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishda davlat sektori imkoniyatlarini kengaytirish, uning inson kapitali va texnologik salohiyatini
mustahkamlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli. Forumda dunyoning turli mamlakatlaridan yuqori lavozimdagi davlat xizmatchilari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va ilmiy-akademik doira vakillari, kompaniyalar hamda innovatsiya yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Biz, ushbu muhim tadbirda ishtirok etishdan mamnunligimizni bildirib, uni davlat xizmati sohasidagi global muloqot va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim platforma deb baholaymiz. BMT homiyligidagi ushbu Forum nafaqat davlat boshqaruvida innovatsiyalarni joriy etish, balki xalqlar o'rtasidagi yaqin hamkorlik va tajriba almashish uchun ham imkoniyatdir.
Ushbu nufuzli Forum uchun nega aynan O'zbekiston tanlandi? Ma'lumki, har qanday davlatning barqaror rivojlanishida amalga oshirilayotgan manzilli islohotlarini o'rni katta. Jumladan, so'nggi yillarda O'zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev boshchiligida Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadida barcha sohalarda tizimli islohotlar olib borilmoqda. Mamlakat yetakchisi faoliyatining ilk kunidan boshlab O'zbekistonda davlat idoralarida ish tashkil etish va davlat xizmatini rivojlantirishga qaratdi. Davlatda kadrlar bilan bog'liq qator tizimli muammolar mavjudligi yuqori minbarlardan aytildi. Davlat xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish hamda bugungi kun talablariga moslashtirish vazifasi kun tartibidan o'rin egalladi.
Davlat xizmati transformatsiyasi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”,degan tamoyilga bo'ysundirildi. “Davlat – xalq xizmatchisi” tamoyili aholini tinglashni, uning muammolarini tushunishni va ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishni nazarda tutadi. “Inson qadri uchun, inson baxti uchun, inson roziligi uchun!“ tamoyili mamlakat Konstitutsiyasida, qonunlarida va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo'lishi shartligi O'zbekiston yetakchisi qat'iy talabiga aylandi.
Xalq manfaatini ko'zlab qaror qabul qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylanishi natijasi o'laroq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur tizimlar O'zbekiston Respublikasining har bir fuqarosiga o'zining muammosi bo'yicha davlat rahbariga, mutasaddilarga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish imkoniyatini berdi.
O'zbekistonning boshqaruvdagi yana bir ijobiy natijasi — Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan “davlat – jamiyat”, “rahbar – fuqaro” munosabatlarining yangi shakli yuzaga keldi. Maqsad – rahbarlarni xalq bilan yuzlashtirish, mansabdorlar bilan fuqarolarni bir-biriga yaqinlashtirish, joylardagi muammolarni sinchkovlik bilan o'rganish asosida xalqchil qarorlar qabul qilish bo'ldi.
Mohiyatan, Prezident SH.M.Mirziyoevning sa'y-harakatlari bilan O'zbekistonda davlat boshqaruvi falsafasi o'zgardi. Ilgari davlat birlamchi bo'lib, odamlarga siyosatni amalga oshiruvchi vosita deb qaralar edi. Shuningdek, kadrlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasidagi sa'y-harakatlar institutsional o'zgarishlardan boshlandi. 2019 yil 3 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish






























